Barak va Mishel Obama Penguin Random House nashriyoti bilan g‘aroyib kelishuvni imzoladi.
Sobiq prezident va uning rafiqasining Oq uy bilan bog‘liq xotiralari aks etgan kitobni Penguin Random House nashriyoti chop etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi, deb yozadi Qalampir.uz.
Aytish lozimki, Barak va Mishel Obama tomonidan yozilgan ushbu kitobni nashr etish imkoniyati uchun qator nashriyotlar kurashishdi. Biroq omad Penguin Random House nashriyotiga kulib boqdi.
Ta’kidlash joizki, bu memuar har qanday nashriyot uchun omadli shartnoma bo‘lishi barchaga ayon edi. Shu sababli ham Penguin Random House asar uchun Obamalar oilasiga 60 million AQSh dollari miqdoridagi pulni to‘lashga bajonidil rozi bo‘ldi. Bu haqda “Vestifinance.ru” xabar qilmoqda.
Obamadan avvalgi rahbarlar ham prezidentlik yillaridagi xotiralari haqidagi memuarlarini kitob holida chop etishgan. Lekin Obamalar oilasining memuari avvalgi asarlar ichida eng qimmat narxga sotilgan asar sifatida tarixga kirishi mumkin.
AQShning sobiq prezidentlaridan biri bo‘lmish Bill Klinton 2004 yil “Mening hayotim” memuari uchun 15 million AQSh dollari, Jorj Bush “Qaror qabul qilish nuqtalari” memuari uchun 10 million AQSh dollari olgandi.
Barak va Mishel Obama bundan avval ham o‘z maqolalarini Penguin Random House nashriyotiga tegishli Crown savdo belgisi ostida chop etishardi.
Sobiq prezident va uning rafiqasining nashriyot tomonidan chop etilishi mo‘ljallanayotgan navbatdagi kitobi qanday nomlanishi hozircha noma’lum.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Obamalar oilasi kitobdan tushadigan pullarning katta qismini xayriya ishlariga sarf etish istagidalar. Xayriya pullari ushbu oila tomonidan asos solingan Obama Foundation fondi hisobiga ham o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»