date

Endilikda Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin

Endilikda Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin

Ukraina Oliy Radasida nikoh yoshiga doir o‘zgarishlarni ko‘zda tutuvchi yangi qonun loyihasi ro‘yxatga olindi. Hujjatga ko‘ra, mamlakatda nikohning asosiy yoshi 18 yosh bo‘lib qoladi, ammo ayrim istisno vaziyatlarda 14 yoshdan boshlab nikohga ruxsat berish taklif qilinmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, tashabbus Fuqarolik kodeksining yangi loyihasi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda “Nikoh huquqi” moddasiga tegishli tuzatishlar kiritish rejalashtirilgan. Qonun loyihasi Oliy Rada spikeri Ruslan Stefanchuk ilgari surgan tashabbuslar qatoriga kiradi.

Taklif etilayotgan normalarga ko‘ra, 14 yoshdagi shaxs uchun nikoh faqat sud qaroridan keyin va faqat homiladorlik yoki bola tug‘ilishi kabi istisno holatlarda mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, 16 yoshdan nikohga ruxsat berish amaliyoti ham sud qarori orqali saqlab qolinishi ko‘zda tutilmoqda. Ayni paytda Ukraina qonunchiligida erkaklar va ayollar uchun nikohning umumiy minimal yoshi 18 yosh etib belgilangan. Qonun loyihasi hozircha tashabbus bosqichida bo‘lib, u parlament qo‘mitalari muhokamasi hamda ovoz berish jarayonlaridan o‘tishi kerak.

Mutaxassislar va jamoatchilik orasida bu masala yuzasidan turlicha fikrlar aytilmoqda: kimdir uni ijtimoiy himoya mexanizmi sifatida ko‘rsa, boshqalar esa erta nikohlar xavfi kuchayishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Endilikda Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin