Dunyoda ilk 10 kishilik uchar taksi muvaffaqiyatli parvoz qildi

Xitoyning Fengfei Aviation Technology kompaniyasi 10 fevral kuni 5 tonnalik V5000 eVTOL qurilmasini muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazdi. Qurilma Szyansu provinsiyasidagi Kunshan bazasidan vertikal ko'tarilib, gorizontal parvozga o'tdi va 20 ta dvigatel bilan jihozlangan. Yo'lovchi tashuvchi V5000 Matrix varianti 10 kishiga mo'ljallangan bo'lib, gibrid rejimda 1500 km, sof elektrda esa 250 km masofani bosib o'ta oladi. Erotiske
Kecha, 10 fevral kuni Xitoyning Fengfei Aviation Technology kompaniyasi dunyodagi eng yirik V5000 eVTOL (elektr quvvatli vertikal uchish-qo‘nish qurilmasi)ni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Qurilmaning og‘irligi 5 tonnaga teng. Bu haqda “Gizmochina” xabar berdi.
Xabar qilinishicha, uchar taksi Szyansu provinsiyasidagi Kunshan bazasidan vertikal ko‘tarilishdan gorizontal parvozga silliq o‘tib, texnik imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilgan. Loyiha shunchaki tajriba emas, balki shahar ichidagi tirbandliklarni kamaytirish va G‘arb davlatlarini havo transporti sohasida ortda qoldirish strategiyasining bir qismi sifatida baholanmoqda.
Muhandislar qurilmani 20 ta dvigatel bilan jihozlagan. Ayrim motorlar ishlamay qolsa ham, V5000 xavfsiz parvozini davom ettira oladi. Yo‘lovchi tashuvchi varianti — V5000 Matrix 10 kishilik sig‘imga ega. Qurilma gibrid rejimda 1500 km (sof elektrda 250 km) masofani bosib o‘ta oladi, bu esa shahar markazidan uzoq hududlarga tezkor va ekologik toza transportni ta’minlashga xizmat qiladi.
Xalqaro aviatsiya ekspertlari bu sinovni “katta qadam” sifatida baholamoqda. Hozirgacha eVTOL’lar odatda 6 kishidan ortiq yo‘lovchi tashimagan. V5000 esa 10 yo‘lovchi sig‘imi bilan havoda jamoat transporti davrini boshladi.






























Izohlar 0
…