date

Qozog‘istonda 31 ta magnit yutgan bola operatsiya bilan qutqarildi

Qozog‘istonda 31 ta magnit yutgan bola operatsiya bilan qutqarildi

Qozog‘istonda shok holat: 1 yosh 9 oylik bola 31 ta magnitni yutib yuborgan, natijada uning hayoti jiddiy xavf ostida qolgan. “Kazinform” xabariga ko‘ra, kichkintoy Olmaotadagi shifoxonaga juda og‘ir ahvolda olib kelingan.

Tekshiruvlar paytida bolaning ichagida ko‘plab magnitlar borligi ma’lum bo‘lgan. Shifokorlar ingichka ichakning bir necha nuqtasida teshilish paydo bo‘lganini, qorin bo‘shlig‘ida esa yallig‘lanish kuchayib borayotganini qayd etgan. Bunday vaziyatda vaqt “oltin” emas — to‘g‘ridan-to‘g‘ri hayot-mamot masalasi.

Mutaxassislar bolani saqlab qolishning yagona yo‘li shoshilinch operatsiya ekanini aytgan. Jarrohlar laparotomiya usulida qorin bo‘shlig‘ini ochib, magnitlarni chiqarib olgan, shikastlangan joylarni tikkan, qorin bo‘shlig‘ini tozalab, drenaj o‘rnatgan.

Eng xavflisi — magnitlar alohida-alohida yutilgan bo‘lsa ham, ichak ichida bir-biriga tortiladi. Oraga ichak devorlari qisilib qoladi, qon aylanish izdan chiqadi, to‘qimalar zarar ko‘radi, teshiklar hosil bo‘ladi va qisqa vaqt ichida peritonit rivojlanishi mumkin.

Bolalar shoshilinch tibbiy yordam markazi jarrohi Asqar Rizvanov ham aynan shu jihatga urg‘u bergan: ota-onalar ko‘pincha ahvol qanchalik tez og‘irlashishini tasavvur qilmaydi.

Mutaxassislar esa yana bir bor ogohlantirmoqda: hatto bitta magnit yutilgan bo‘lsa ham, kechiktirmasdan shifokorga murojaat qilish shart. Bir nechta magnit esa bola hayoti uchun bevosita xavf degani. Shu uchun uydagi mayda magnitli o‘yinchoqlar va detallar “bolalardan uzoq” qoidasida turishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda 31 ta magnit yutgan bola operatsiya bilan qutqarildi