Hindistonda nikoh yoshi uzaymoqda

So‘nggi o‘n yil ichida hindistonlik bo‘ydoqlar orasida turmush qurishning o‘rtacha yoshi 27 dan 29 ga ko‘tarildi, deya xabar berdi The Tribune gazetasi.
Mutaxassislar bu siljishni juda oddiy, lekin hayotiy sabablar bilan izohlayapti: moliyaviy barqarorlikka erishish, karyera qurish va shaxsiy jihatdan tayyor bo‘lish — erta turmush qurishdan ko‘ra muhimroq qiymat kasb eta boshlagan. Ya’ni ko‘pchilik “shoshilmasdan, avval oyoqqa turib olay” degan yo‘lni tanlayapti.
Tadqiqot natijalari yana bir qiziq manzarani ko‘rsatdi: qayta turmush qurishni xohlovchilar soni ham sezilarli ravishda ko‘paygan. Agar o‘n yil avval platforma foydalanuvchilarining 11 foizi ikkinchi marta nikohdan o‘tish istagini bildirgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 16 foizga yetgan.
Shu o‘rinda O‘zbekistondagi holat ham diqqatga sazovor. Milliy statistika qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qayd etilayotgan nikohlarda asosiy ulushni 20–30 yosh oralig‘idagilar tashkil etadi: erkaklarning 78,7 foizi, ayollarning 53,5 foizi aynan shu yoshda turmush qurmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Mutaxassislar bu siljishni juda oddiy, lekin hayotiy sabablar bilan izohlayapti: moliyaviy barqarorlikka erishish, karyera qurish va shaxsiy jihatdan tayyor bo‘lish — erta turmush qurishdan ko‘ra muhimroq qiymat kasb eta boshlagan. Ya’ni ko‘pchilik “shoshilmasdan, avval oyoqqa turib olay” degan yo‘lni tanlayapti.
Tadqiqot natijalari yana bir qiziq manzarani ko‘rsatdi: qayta turmush qurishni xohlovchilar soni ham sezilarli ravishda ko‘paygan. Agar o‘n yil avval platforma foydalanuvchilarining 11 foizi ikkinchi marta nikohdan o‘tish istagini bildirgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 16 foizga yetgan.
Shu o‘rinda O‘zbekistondagi holat ham diqqatga sazovor. Milliy statistika qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qayd etilayotgan nikohlarda asosiy ulushni 20–30 yosh oralig‘idagilar tashkil etadi: erkaklarning 78,7 foizi, ayollarning 53,5 foizi aynan shu yoshda turmush qurmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing