date

Nyu-Meksiko Epshteyn ranchosi bo‘yicha tergov boshlaydi

Nyu-Meksiko Epshteyn ranchosi bo‘yicha tergov boshlaydi

Nyu-Meksikoda qonunchilar Jeffrey Epshteynga tegishli bo‘lgan Zorro Ranch atrofidagi voqealar bo‘yicha birinchi to‘liq ko‘lamli tergovni boshlashni ma’qulladi. Reutersga ko‘ra, tashabbus shtat qonun chiqaruvchilari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan.

Hujjatga binoan, ikki partiyali “haqiqat komissiyasi” tuziladi: u jabrlanuvchilardan ko‘rsatmalar so‘raydi, shuningdek mahalliy aholini ham guvohlik berishga chaqiradi. Komissiya ranchoga kelib-ketganlar va ehtimoliy beparvolik yoki xabardorlik bo‘lgan-bo‘lmaganini ham tekshirishni ko‘zlaydi.

Reuters xabarida aytilishicha, tekshiruv uchun alohida mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan va komissiya dastlabki natijalarni iyul oyida, yakuniy hisobotni esa 2026 yil oxirigacha taqdim etishi kutilmoqda.

Ranchoning o‘zi Santa Fedan taxminan 30 mil janubda joylashgani qayd etiladi. Rasmiylar bu safar “masala yopilib ketmasligi”ni ta’kidlayapti: oldingi yillarda ham tekshiruv urinishlari bo‘lgan, ammo u to‘liq yakuniga yetmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Meksiko Epshteyn ranchosi bo‘yicha tergov boshlaydi