23:36 / 11.03.2017
7 040

Niderlandiya bosh vaziri Erdo‘g‘anning "fashistlar" degan so‘ziga javob berdi

Niderlandiya bosh vaziri Erdo‘g‘anning "fashistlar" degan so‘ziga javob berdi

Foto: globallookpress.com

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte Niderlandiya hukumati Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘luning samolyotiga qo‘nishga ruxsat bermagandan keyin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Niderlandiya rahbariyatini "fashistlar" deb atagan so‘zlaridan achchiqlandi. Bu haqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda, deb yozadi Kun.uz.

Avvalroq Niderlandiya vazirlar mahkamasi 11 mart kuni Rotterdamdagi turk jamoasi namoyishida ishtirok etmoqchi bo‘lgan Chovusho‘g‘luning samolyotiga qo‘nishga ruxsat bermagandi. Niderlandiya hukumati bu qaror "jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid" sababli qabul qilinganini aytgan. Erdo‘g‘an niderlandiyaliklarning bu ishlarini nasizm deb atagan va javob choralari ko‘rish bilan tahdid qilgan.

"Men tushunaman, u g‘azablangan, biroq uning bu so‘zlari chegaradan chiqishdir", deb ta’kidlab o‘tgan Ryutte va Erdo‘g‘anning e’tirozlarini "telbanoma" deb aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiya bosh vaziri Erdo‘g‘anning "fashistlar" degan so‘ziga javob berdi