Vashingtondagi sammitda Tramp Mirziyoyev familiyasi haqida hazil qildi

Bugun, 19 fevral kuni Vashington shahrida “Tinchlik kengashi”ning ilk yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Oq uy rasmiy platformalari orqali jonli efirda yoritib borildi. Yig‘ilish Vashingtondagi United States Institute of Peace maydonida o‘tkazildi, deb xabar bermoqda RIA NOVOSTI.
Sammitda mezbon davlat rahbari — Donald Tramp ishtirokchilarni birma-bir tanishtirar ekan, navbat Shavkat Mirziyoyevga kelganda zalda iliq muhit hosil bo‘ldi.
Tramp O‘zbekiston prezidentining familiyasini talaffuz qilishda biroz qiynalganini yashirmadi va buni hazil tariqasida izohladi. U Mirziyoyevni o‘z do‘sti deb atab, uning familiyasi “tarixdagi eng murakkab familiyalardan biri” ekanini ta’kidladi.
— "O‘zbekiston prezidenti Mirziyoyev, u qayerda, u shu yerda, u mening do‘stim, u tarixdagi eng murakkab familiyalardan biriga ega, lekin bu hech narsa emas. Bu muhim emas," - dedi Tramp Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida.
Ta’kidlanishicha, mazkur sammit xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, mintaqada barqarorlik va tinchlikni ta’minlashga qaratilgan muhim maydon sifatida baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!