date

Tramp barcha davlatlarga 10 foizlik boj joriy qildi

Tramp barcha davlatlarga 10 foizlik boj joriy qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp barcha davlatlarga nisbatan qo‘shimcha 10 foizlik tarif joriy etish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Prezidentning yozishicha, qaror Oval idorasida imzolangan va darhol kuchga kiradi. U mazkur qadamni iqtisodiy siyosatda muhim chora sifatida baholagan.

Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, deklaratsiya AQSHga kirib keladigan tovarlarga import boji joriy etadi. Tartib 24-fevraldan amalga kiritilib, 150 kun davomida qo‘llaniladi.

Bundan avval AQSH Oliy sudi Tramp tomonidan Favqulodda vaziyatlarni boshqarish to‘g‘risidagi qonun asosida joriy etilgan tariflarni noqonuniy deb topgan edi. Sud qarorida prezident vakolat doirasidan chiqqan holda mazkur qonunga tayangani qayd etilgan.

Shundan so‘ng Tramp barcha tariflar amalda saqlanib qolishini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, mazkur choralar iqtisodiy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp barcha davlatlarga 10 foizlik boj joriy qildi