Dubai xalqaro aeroportida dron hodisasi: jarohatlanganlar bor (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Eronga tegishli ekani aytilayotgan dron Dubai xalqaro aeroporti hududiga kelib tushgan.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir necha kishi jarohat olgan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar tezkor ravishda ish boshlagan, hudud xavfsizligi kuchaytirilgan.
Ayni paytda rasmiy idoralar tomonidan hodisaning aniq sabablari va dronning kelib chiqishi yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. Rasmiy manbalardan qo‘shimcha ma’lumotlar kutilmoqda.
Shuningdek, OAVning xabar berishicha, Palm Jumeirah tumanidagi binoda yong‘in kuzatilmoqda.
Boshqa bir xabarlarga ko‘ra. Dubay osmonida bor necha raketalar urib tushirilgandan so‘ng minglab odamlar shaharni tark etayotgani aytilmoqda. OAVning ma’lumotlariga ko‘ra, shahardan chiqish yo‘lida bir necha kilometrlik tig‘izlik yuzaga kelgan.
Xabarlarga ko‘ra, Dubaydagi Burj Khalifa evakuatsiyasi Pal Jumeirah hududida yuz bergan hodisadan so‘ng amalga oshirilgan. Rasmiylar bino to‘g‘ridan - to‘g‘ri zarba olganini tasdiqlamadi va evakuatsiya ehtiyot chorasi sifatida o‘tkazilganini bildirdi.