AQSH va Isroil Xominaiy joyini maxsus razvedka orqali aniqladimi?

Eron oliy rahbari — Oyatulloh Ali Xominaiyga qilingan hujum odatdagidek tun yarmida emas, balki ertalab sodir etildi. BBC tahliliga ko‘ra, bunga sabab AQSH va Isroil hujumdan bir necha soat oldin qo‘lga kiritgan muhim razvedka ma’lumotlari bo‘lgan.
Manbada aytilishicha, bir necha oy davomida AQSH va Isroil yuqori martabali eronlik amaldorlar bir joyga to‘planishi mumkin bo‘lgan paytni kuzatib turgan. Razvedka ma’lumotlari Xominaiy shanba kuni ertalab Tehron markazidagi binolar majmuasida bo‘lishini ko‘rsatgan. Shu bilan birga, boshqa yuqori lavozimli harbiy va razvedka rahbarlarining ham ayni vaqtda shu yerda uchrashuv o‘tkazayotgani ma’lum bo‘lgan.
BBC yozishicha, bir necha oy davomida AQSH va Isroil oliy rahbarning harakatlarini kuzatib borgan. Qo‘llanilgan aniq usullar maxfiy saqlanmoqda, biroq Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida bunga ishora qilgan:
«U bizning razvedkamiz va zamonaviy kuzatuv texnologiyalaridan qochib qutula olmadi».
BBC tahliliga ko‘ra, Xominaiyning joylashuvi haqidagi ma’lumot joydagi agent orqali yetkazilgan bo‘lishi mumkin. Biroq ehtimoliyroq versiya shuki, zamonaviy texnologiyalar va boshqa eronlik yuqori lavozimli shaxslarning harakatini kuzatish orqali uning aniq joyi belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!