
AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining tutgan kundaligi Bostondagi RR auksioniga qo‘yildi. Unda prezident fashistlar rahbari Adolf Gitler haqida yozib qoldirgan, deb ma’lum qiladi Kun.uz.
Amerikaning Time jurnalida xabar berilishicha, 28 yoshli Kennedi Gitler haqida 1945 yil o‘zining urushdan so‘ng Evropaga gazeta muxbiri sifatida uyushtirgan safarida yozib qoldiradi. O‘sha vaqtda u etakchining Bavariyadagi ikki qarorgohi - Bergxof va Kelshtaynxausda bo‘ladi.
"Uning o‘z yurtiga nisbatan cheksiz salohiyati dunyo tinchligiga tahdid soladi. Gitlerning hayot yo‘li, o‘limi kelajakda faqat yanada chuqurlashib boruvchi sirli hikoyaga aylangan. Unda shunday hislatlar bo‘lganki, bejizga afsonalar yaratilmaydi", - deb yozadi Kennedi.
Ayni damda kundalik Derdr Xendersonga tegishli bo‘lib, u Kennedi Massachusets shtatining senatori bo‘lgan vaqtda yordamchi bo‘lgan.
Auksion 26 mart kuni o‘tkaziladi. Ekspertlarning aytishicha, lotning narxini 200 ming dollarga baholashmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar