date

Rossiya Eronning Yaqin Sharqdagi hujumlariga yordam berayotgan bo'lishi mumkin

Rossiya Eronning Yaqin Sharqdagi hujumlariga yordam berayotgan bo'lishi mumkin

Rossiya Eron bilan maxfiy razvedka ma'lumotlarini bo'lishayotgan bo'lishi mumkin. The Washington Post nashrining yozishicha, Moskva Tehronni Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy obektlari, xususan, kemalar va samolyotlarning aniq joylashuvi haqidagi koordinatalar bilan ta'minlab kelmoqda. Bu hamkorlik mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin.

Razvedka manbalariga ko'ra, bu jarayon juda keng ko'lamli tus olgan. Urush boshlanganidan keyin Eron armiyasining AQSH kuchlarini mustaqil aniqlash imkoniyatlari pasayib ketgan edi. Rossiyaning yordami esa ularga nishonlarni aniqlashda muhim tayanch bo'lib xizmat qilayotgan bo'lishi mumkin. Mutaxassislar buni Rossiyaning Ukrainaga ko'rsatilayotgan yordam uchun o'ziga xos javob chorasi sifatida baholamoqda.

Hozircha Rossiya va Eron tomoni ushbu ayblovlar yuzasidan rasmiy izoh bermadi. Biroq kuzatuvchilarning fikricha, agar bu ma'lumotlar o'z tasdig'ini topsa, Rossiyaning Yaqin Sharqdagi mojaroga bevosita emas, balki bilvosita aralashuvi yaqqol namoyon bo'ladi. Rossiya razvedka tizimi dunyodagi eng kuchli tizimlardan biri hisoblanadi va uning bunday ma'lumotlarni uzatishi mintaqadagi xavfsizlik balansini jiddiy tarzda o'zgartirib yuborishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Eronning Yaqin Sharqdagi hujumlariga yordam berayotgan bo'lishi mumkin