Donald Tramp Eron bo'yicha o'z pozitsiyasini ochiqladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning siyosiy tuzumi borasida kutilmagan bayonot bilan chiqdi. CNN telekanaliga bergan intervyusida u Eron demokratik davlatga aylanishi shart emasligini, asosiy maqsad Vashingtonga sodiq va adolatli rahbarning hokimiyatga kelishi ekanini ta'kidladi. Tramp hatto Eronni boshqaradigan diniy yetakchi AQSH talablariga javob bersa, bunga qarshi emasligini qo'shimcha qildi.
Prezidentning so'zlariga ko'ra, hozirgi Eron hukumati sezilarli darajada zaiflashgan. U Vashington Eron ichki ishlariga aralashib, mamlakatda yangi rahbariyatni shakllantirishga umid qilayotganini yashirmadi. Tramp bu jarayonni Venesueladagi voqealar bilan qiyoslab, o'zgarishlar juda oson kechishiga ishonch bildirdi.
Ta'kidlash joizki, demokratiyani targ'ib qilish AQSH tashqi siyosatining an'anaviy ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Biroq 2021 yilda AQSH ma'muriyati kuch ishlatish orqali rejimlar almashinuvini amalga oshirmaslikka va'da bergan edi. Davlat departamenti esa Eron hukumatini inson huquqlarini poymol etishda va demokratik qadriyatlarga zid siyosat yuritishda muntazam ravishda tanqid qilib keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!