date

Eronliklar qochmayapti: dushmanni yurtida kutishmoqda

Eronliklar qochmayapti: dushmanni yurtida kutishmoqda

Eron osmoni ustida bugun xavfli qora bulutlar girdob bo‘lib to‘planmoqda. Havoda taranglik tobora ortib borayotganiga qaramay, mamlakat ichida butunlay boshqacha manzara ko‘zga tashlanmoqda — odamlar qochishga shoshilmayapti, hech kim vatanini tashlab ketmayapti. Eng muhimi, xalq orasida sotqinlik yoki xiyonat alomatlari sezilmayapti.

Kuzatuvchilar fikricha, aynan shu holat Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroil qo‘shinlarining Eron hududiga quruqlik orqali kirib kelish ehtimolini ancha qiyinlashtirayotgan asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Ayni paytda eronliklar ehtimoliy to‘qnashuvlarga ruhan tayyor ekani ham ta’kidlanmoqda. Ular osmondagi harbiy ustunlik har doim ham o‘z tomonlarida bo‘lmasligi mumkinligini tushunib turishadi. Biroq quruqlikdagi janglarda ustunlikka ega bo‘lishlariga ishonch bildirishmoqda.

Tarixiy misollar esa bu holat qanchalik kam uchrashini ko‘rsatadi. Masalan, Ukrainada urush boshlangan paytda millionlab odamlar mamlakatni tark etgan edi.

Iroqda ham shunga o‘xshash holat kuzatilgan: urush yillarida to‘rt milliondan ortiq inson bor-budini tashlab, vatanidan chiqib ketgan.

Biroq Eronda vaziyat boshqacha tus olmoqda. Bu yerda ko‘pchilik odamlar qochishni emas, balki o‘z yurtida qolib, ehtimoliy dushmanni kutishni afzal ko‘rmoqda. Bu esa eronliklar o‘z yurti taqdiri uchun kurashishga tayyor ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eronliklar qochmayapti: dushmanni yurtida kutishmoqda