Bolton: Eron vaziyatida mag‘lubiyat Netanyaxuni zimmasida

AQSHning sobiq milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Donald Tramp va Benyamin Netanyaxu atrofidagi ehtimoliy vaziyat haqida fikr bildirdi.
Boltonning ta’kidlashicha, agar Yaqin Sharqdagi siyosiy va harbiy holat AQSH tarafidan kutilgan natijaga olib kelmasa, Tramp mag‘lubiyat uchun aybni Netanyaxuga yuklashga tayyor bo‘ladi.
“Agar vaziyat yomonlashsa, men sizga aniq ayta olaman Donald Tramp buning uchun Benyamin Netanyaxuni ayblaydi. Chunki Trampning dunyosida g‘oliblar va mag‘lublar bor. U o‘zini doimo g‘olib deb biladi, mag‘lub emas. Shuning uchun agar Eronga qarshi bu harakat mag‘lubiyat bilan tugasa, unda ayb boshqa birovga yuklanadi. Bu albatta yuz beradi”, degan Trampning sobiq maslahatchisi Bolton.
Uning fikricha, bunday munosabat Trampning siyosiy tafakkuriga xos bo‘lib, uning har qanday noqoniq natijalarni shaxslarga yoki hamkorlarga bog‘lab qo‘yishi mumkin. Shu sababli, xalqaro siyosiy tahlilchilar bu holatni diqqat bilan kuzatmoqda va Yaqin Sharqdagi har qanday yo‘nalishning AQSH va Isroil siyosiy strategiyasiga qanday ta’sir qila olishini baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!