date

Isroil telekanali Erondagi yangi nishonlar ro‘yxatini oshkor qildi

Isroil telekanali Erondagi yangi nishonlar ro‘yxatini oshkor qildi

Isroil mudofaa kuchlarining ehtimoliy nishonlari ro‘yxati mahalliy “Channel-14” telekanali efirida ma’lum qilindi. Xabarda Erondagi bir qator yuqori lavozimli siyosiy va harbiy amaldorlar ehtimoliy nishon sifatida tilga olingani aytilmoqda. Bu haqida Gorizont ma'lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ro‘yxatda avvalo Eron oliy rahbari Ali Xominaiyning o‘g‘li — Mujtabo Xominaiy nomi keltirilgan. U Erondagi ta’sirli siyosiy shaxslardan biri sifatida tilga olinadi.

Shuningdek, Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoniy ham mazkur ro‘yxatdan joy olgan. U mamlakat xavfsizlik siyosatida muhim o‘rin tutuvchi amaldorlardan biri hisoblanadi.

Ro‘yxatda yana Eron sud tizimi rahbari G‘ulomhusayn Ejeiy, Eron armiyasi Markaziy shtabi qo‘mondoni Ali Abdullohiy hamda parlament spikeri Muhammad Boqir G‘olibovning ismlari ham tilga olingan.

Bundan tashqari, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yangi rahbari Ahmad Vohidiy ham ehtimoliy nishonlar orasida ekani aytib o‘tilgan. Bu esa ro‘yxat asosan Eronning siyosiy va harbiy rahbariyatiga qaratilganini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Isroil telekanali Erondagi yangi nishonlar ro‘yxatini oshkor qildi