date

Uorren: Erondagi maktabga zarba — katta xatolik

Uorren: Erondagi maktabga zarba — katta xatolik

AQSH senatori Elizabet Uorren Erondagi qizlar ta’lim muassasasiga berilgan zarba yuzasidan keskin bayonot berdi.

Uning aytishicha, Donald Tramp ma’muriyati ushbu maktabga bombali hujum qilinganini tasdiqlagan. Uorren bu voqeani so‘nggi o‘n yilliklar ichida sodir bo‘lgan eng fojiali harbiy xatolardan biri sifatida baholadi.

Senatorning ta’kidlashicha, Tramp ushbu hodisa haqida jamoatchilikka noto‘g‘ri ma’lumot bergan. Uning ma’lum qilishicha, zarba oqibatida 175 nafar inson halok bo‘lgan bo‘lib, qurbonlarning katta qismi bolalardan iborat.

Uorren shuningdek, ushbu voqea uchun mas’uliyat masalasini ham ko‘tardi. Uning fikricha, AQSH mudofaa vaziri Pet Xigset lavozimidan chetlatilishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Uorren: Erondagi maktabga zarba — katta xatolik