Uch hafta ichida ilk marta Quyoshda kuchli chaqnash qayd etildi

So‘nggi uch hafta ichida birinchi marta Quyoshda sezilarli darajada chaqnash kuzatildi. Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 13 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 12:55 da M1.2 sinfidagi chaqnash ro‘y bergan va taxminan 20 daqiqa davom etgan. Shu sinfdagi avvalgi avj olishi oxirgi marta 25 fevral kuni qayd qilingan edi.
Bu hodisa Quyosh faoliyati deyarli bir oylik pasayishdan keyin sodir bo‘lganligi bilan ahamiyatli. Chaqnash Quyosh diskining chet qismida yuz bergan va plazma oqimlari Yerga yaqinlashgan. Shuningdek, magnit sohasida zaif buzilishlar kuzatilgan, ular avvaldan aniqlangan. Kun oxirigacha magnit bo‘roni kuchayishi ehtimoli mavjud.
Mazkur holat qo‘llaniluvchi prognozlar va kosmik havfsizlik uchun ham ahamiyatli hisoblanadi, ayniqsa, radiokommunikatsiya va sun’iy yo‘ldoshlar uchun.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!