
Iroq poytaxti Bag‘dodda terrorchi-xudkush yuk mashinasida portlovchi qurilmani harakatga keltirdi. Buning oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 60 dan ko‘proq odam jarohat oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Axborot agentligining polisiyadagi manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, terakt Bag‘dod janubidagi nazorat-o‘tkazish punkti yonida sodir etilgan.
Polisiyada ma’lum qilinishicha, yuk mashinasi oldida boshqa mashinalar bo‘lgan va ular portlash vaqtida yonib ketgan.
Ayni vaqtda birorta terrorchilik guruhi ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar