Rubio: "Bu biz 25 yil ichida ko‘rgan eng zaif Eron"

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Eron atrofidagi harbiy-siyosiy vaziyat yuzasidan keskin bayonot berib, mamlakatning hozirgi holatini so‘nggi chorak asrdagi eng zaif davr sifatida baholadi.
Uning ta’kidlashicha, Eronga qarshi olib borilayotgan operatsiyalar aniq va strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan. Jumladan, asosiy e’tibor mamlakatning havo kuchlari salohiyatini yo‘q qilish, dengiz flotini izdan chiqarish, raketa va dronlar ishlab chiqarish infratuzilmasini bartaraf etish hamda uchirish qurilmalarini jiddiy zararsizlantirishga qaratilgan.
“Bizning maqsadlarimiz aniq va tushunarli. Havo kuchlarini neytrallashtirish, flotni ishdan chiqarish, raketa va dron ishlab chiqaruvchi obyektlarni yo‘q qilish hamda uchirish tizimlarini faoliyatdan to‘xtatish — asosiy vazifalarimizdir. Shu to‘rt yo‘nalishning barchasida sezilarli natijalarga erishyapmiz”, — deya ta’kidladi Rubio.
Ushbu bayonot Vashingtonning Eronga nisbatan bosim siyosatini davom ettirayotganini yana bir bor namoyon qildi. Mutaxassislar fikricha, bu kabi chiqishlar mintaqadagi keskinlikni yanada oshirishi mumkin.
Ayni paytda vaziyat qanday rivojlanishi va ushbu harakatlar qanday oqibatlarga olib kelishi xalqaro hamjamiyat diqqat markazida qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!