date

Hindiston 7 yildan so‘ng Eron neftini qayta import qildi

Hindiston 7 yildan so‘ng Eron neftini qayta import qildi

Yaqin Sharqdagi beqaror vaziyat va ta’minotdagi uzilishlar fonida Hindiston Eron neftini qayta sotib olishni boshladi. Bu haqda mamlakat neft vazirligi rasman ma’lum qildi.

CNBC ma’lumotiga ko‘ra, Hindiston so‘nggi yetti yil ichida ilk bor Erondan neft import qildi. Qayd etilishicha, bu safar to‘lov jarayonlari hech qanday muammosiz amalga oshirilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Yaqin Sharqdagi keskinlik sabab ta’minot zanjirlarida uzilishlar yuzaga kelgani Hindiston neftni qayta ishlash korxonalarini yangi manbalarga murojaat qilishga undagan. Shu orqali ular Eron neftini xarid qilishni yana boshlagan.

Energetika vazirligi ham bu jarayonda moliyaviy to‘siqlar yo‘qligini alohida ta’kidladi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi energetik hamkorlik qayta jonlanayotganidan darak beradi.

Eslatib o‘tish joiz, Hindiston so‘nggi marta Erondan neftni 2019 yilda, AQSH sanksiyalari joriy etilgunga qadar import qilgan edi. Endi esa global vaziyat ta’sirida ushbu hamkorlik yana qayta tiklanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston 7 yildan so‘ng Eron neftini qayta import qildi