Eron bayonoti: Mintaqa davlatlari voqealardan xulosa chiqarsin

Yaqin Sharqdagi so‘nggi siyosiy va harbiy jarayonlar fonida Eron rasmiylari tomonidan yana bir muhim bayonot yangradi. Eron Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Ismoil Baqoiy mamlakatning mintaqaviy siyosatga oid pozitsiyasini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Islom Respublikasi doimo qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni ustuvor deb biladi va o‘zaro hurmat hamda hamkorlikka asoslangan aloqalarni mustahkamlash tarafdori hisoblanadi.
“Biz qo‘shni mamlakatlarni doim do‘st sifatida qabul qilamiz va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishga intilamiz. Umid qilamanki, kelgusida mintaqa davlatlari so‘nggi voqealarni chuqur tahlil qilib, tegishli xulosalar chiqaradi”, — dedi rasmiy vakil.
Mutaxassislar fikricha, mazkur bayonot mintaqadagi keskin vaziyat fonida diplomatik chaqiriq sifatida baholanmoqda. Shu bilan birga, Eron tomonining bu kabi murojaatlari hududda barqarorlikni saqlash va ziddiyatlarni yumshatishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!