Avstraliyadagi yirik neft zavodida yong‘in: nima yuz berdi?

Avstraliyadagi yirik neft zavodida yong‘in: nima yuz berdi?
Qisqacha

Avstraliyaning Jilong shahrida joylashgan "Viva Energy"ga tegishli yirik neft zavodida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Alovlar benzin saqlanadigan bo‘limda yoqilg‘i sizib chiqishi va portlashlar natijasida kelib chiqqan. Hozirda yong‘in bartaraf etilgan, biroq voqea baxtsiz tasodif deb baholanmoqda. Ushbu hodisa tufayli zavod faoliyati qisman cheklandi va yoqilg‘i ishlab chiqarish hajmi kamayishi ehtimoli bor.

Avstraliyada yirik sanoat hodisasi qayd etildi. 16 aprel kuniga o‘tar kechasi Jilong shahrida joylashgan neftni qayta ishlash korxonalaridan birida kuchli yong‘in yuz berdi. Bu haqda ABC telekanali ma'lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea Viva Energyga tegishli zavodda sodir bo‘lgan. Hozircha rasmiylar hodisani baxtsiz tasodif sifatida baholamoqda. Kris Bouenning ta’kidlashicha, dastlabki tekshiruvlar davomida qasddan o‘t qo‘yish yoki boshqa shubhali holatlar aniqlanmagan.

Yong‘in xavfsizligi xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, alanga benzin saqlanadigan bo‘limda boshlangan. Ehtimol, ushbu hududda yonilg‘i sizib chiqishi ortidan bir necha portlashlar sodir bo‘lgan va bu holat yong‘inning tez tarqalishiga sabab bo‘lgan.

Hozirda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan bo‘lsa-da, mutaxassislar uning oqibatlari jiddiy bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Xususan, zavod faoliyati qisman cheklanishi tufayli benzin ishlab chiqarish hajmi kamayishi ehtimoli bor.

Ma’lum qilinishicha, ehtiyot chorasi sifatida korxona dizel yonilg‘isi va avia kerosin ishlab chiqarishni vaqtincha qisqartirgan holda davom ettirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar