Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochdi: neft narxi tushdi

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochdi: neft narxi tushdi
Qisqacha

Eron hukumati Livandagi sulh munosabati bilan Hormuz bo‘g‘ozini tijorat kemalari uchun vaqtincha ochganini e’lon qildi. Bo‘g‘ozdan o‘tish faqat ma'lum shartlar asosida, harbiy kemalar ishtirokisiz va Eron xizmatlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Ushbu qaror natijasida jahon bozorida neft narxlarining keskin pasayishi kuzatildi. AQSh prezidenti Donald Tramp ham ushbu qadamni ijobiy baholagan.

Eron hukumati Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatni qayta tiklash haqida bayonot berdi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Livanda e’lon qilingan sulh munosabati bilan ushbu muhim dengiz yo‘lagi tijorat kemalari uchun vaqtincha to‘liq ochiq deb e’lon qilingan.

Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, Hormuz bo‘g‘ozidan faqat tijorat maqsadidagi kemalarga o‘tishga ruxsat beriladi, harbiy kemalar esa kiritilmaydi. Shuningdek, kemalar va ularning yuklari “dushman davlatlar” bilan bog‘liq bo‘lmasligi lozim.

Yana bir talabga ko‘ra, barcha kemalar Eron tomonidan belgilangan yo‘nalish orqali harakatlanishi va o‘tish jarayoni mas’ul Eron xizmatlari bilan oldindan muvofiqlashtirilishi shart qilib qo‘yilgan.

Bo‘g‘oz ochilishi ortidan jahon bozorida neft narxlari keskin pasaygani kuzatildi. Ayrim manbalarga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp ham ushbu qarorni ijobiy baholab, Eronga minnatdorchilik bildirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar