Tez yordam mashinasida yana bir chaqaloq dunyoga keldi

Tez yordam mashinasida yana bir chaqaloq dunyoga keldi

13 iyul kuni soat 05:33 atrofida Toshkent shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan tez tibbiy yordam brigadasi yana bir quvonchli voqeaga guvoh bo‘ldi. Shifoxonaga olib ketilayotgan homilador ayolning tug‘ruq jarayoni kutilganidan tez boshlangani sababli chaqaloq tez yordam mashinasining o‘zida dunyoga keldi.

Tibbiyot xodimlarining tezkorligi, tajribasi va muvofiqlashtirilgan harakatlari tufayli tug‘ruq muvaffaqiyatli o‘tgan. Shundan so‘ng ona va chaqaloqqa zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, ular shifoxonaga xavfsiz yetkazilgan.

Mutasaddilar ma’lum qilishicha, dunyoga kelgan qizaloqning ham, onasining ham salomatligi yaxshi. Shifokorlar ularning holati doimiy nazorat ostida ekanini bildirgan.

Mazkur voqea tez tibbiy yordam xodimlarining mas’uliyati va kasbiy mahoratini yana bir bor namoyon etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar