Norvegiyada insonga juda yaqin harakatlanadigan robot qo‘llar yaratildi

Norvegiyaning 1X kompaniyasi inson qo‘llari harakatini deyarli takrorlay oladigan yangi avlod robot qo‘llarini taqdim etdi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, qurilma kundalik hayotda insonlarga yordam berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, murakkab va nozik harakatlarni ham aniq bajara oladi.
Namoyish etilgan videolarda robot lampochkani burab o‘rnatishi, uzumni shoxidan shikast yetkazmagan holda uzib olishi, shuningdek, kiyim yechishda ham yordam berishi aks etgan. Bu esa qurilmaning nafaqat kuchli, balki juda ehtiyotkor harakatlana olishini ko‘rsatadi.
Robot qo‘llaridagi yuqori aniqlikdagi sensorlar hamda inson qo‘lidagi paylar ishlash tamoyiliga o‘xshash mexanizm tufayli u buyumlarni zararsiz ushlash va nozik vazifalarni bajarishga qodir. Shu sababli mazkur texnologiyadan kelajakda uy-ro‘zg‘or ishlari, parvarish xizmati va boshqa ko‘plab sohalarda foydalanish rejalashtirilmoqda.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, robot qo‘llarining savdosi joriy yil boshlanadi. Qurilmaning narxi 20 ming dollarni tashkil etadi, undan obuna asosida foydalanish esa oyiga taxminan 500 dollarga tushadi.






























Izohlar 0
…