Rianna uch yillik tanaffusdan so‘ng yana katta sahnaga qaytdi

2023 yildagi Super Bowl finalidagi unutilmas chiqishidan keyin ijodiy faoliyatini ancha sekinlashtirgan dunyoga mashhur xonanda Rianna nihoyat muxlislarini quvontirdi. San’atkor uzoq tanaffusdan so‘ng Jay-Zning musiqiy faoliyatidagi 30 yillik yubileyiga bag‘ishlab Nyu-York shahrida tashkil etilgan tantanali konsertda kutilmagan mehmon sifatida sahnaga chiqdi.
Afsonaviy Yankee stadionida bo‘lib o‘tgan ushbu konsertga minglab muxlislar tashrif buyurdi. Riannaning sahnaga chiqishi tomoshabinlar uchun kechaning eng katta syurprizlaridan biriga aylandi. Xonanda o‘zining eng mashhur qo‘shiqlarini ijro etib, stadionni to‘ldirgan muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Riannaning chiqishi nafaqat konsert ishtirokchilarini, balki ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ham hayajonga soldi. Uning sahnadagi obrazlari, jonli ijrosi va energiyasi qisqa fursatda internetda keng muhokama qilina boshladi. Ko‘plab muxlislar xonandaning katta sahnaga qaytishini yangi albom yoki jahon gastroli oldidan berilgan muhim ishora sifatida baholamoqda.






























Izohlar 0
…