Xitoyning Xenan provinsiyasidagi xususiy klinikada 3 nafar bemorni o‘ldirgan kishi qo‘lga olindi. Bu haqda “Shanghai Daily” gazetasiga asoslanib "Qalampir.uz" xabar bermoqda.
Yan Shitou ismli kishi ruhiyatida muammolarga duch kelgan bo‘lib, o‘zi kabi ruhiy hasta bemorlar bilan bir palatada yashagan. U maxsus kamar bilan krovatga mahkam bog‘lab qo‘yilgan.
Gazeta bergan xabarda video ham ilova qilingan. Unda tibbiyot xodimlari xonadan chiqib ketganlaridan so‘ng, Yan Shitou kamarni echib, qo‘llarini bo‘shatganini ko‘rish mumkin. Keyin Yan Shitou stol ustida turgan ovqatlanish uchun mo‘ljallangan cho‘plarni olib, xonadagi ikkinchi bemorga hujum qilishni boshlaydi. Bundan tashqari, qo‘shni xonadagi bemorlarga ham cho‘p bilan hujum qiladi.
Voqea joyiga etib kelgan klinika xodimlari bemorning qo‘lidagi cho‘plarni olib qo‘yishgan va Yan Shitouni polisiyaga topshirishgan. Ayni vaqtda tergov harakati boshlangan. Yan Shitou hujum qilgan 4 bemorning 3 nafari cho‘p bilan qilingan zarbalardan so‘ng, jon berishdi.
Mazkur mudhish voqea yuz bergan klinika yopib qo‘yildi. Bemorlar bo‘lgan palatalarga mas’ul xodimlar esa ishdan ozod etildi.
Ayrim manbalarda qayd etilishicha, Yan Shitou shizofreniyaga chalingan. U ovqatlanishni va dori qabul qilishni istamagani uchun krovatga bog‘lab qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi