Voyaga yetmagan 3 nafar farzandga 100 million so‘m aliment qarzi undirildi

Farzand ta’minoti - ota-onaning nafaqat qonuniy, balki muqaddas burchidir!
Majburiy ijro byurosi Mirzaobod tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga asosan, voyaga yetmagan 3 nafar farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lashi lozim bo‘lgan Sh.Usanov uzoq vaqt davomida o‘z majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlab kelgan.
Qarzdorga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan mazkur jinoyat ishi doirasida olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida qarzdordan farzandlari ta’minoti uchun 100 million so‘m aliment qarzi to‘liq undirilib, undiruvchi onaning bank maxsus plastik kartasiga o‘tkazib berildi.
Eng muhimi, ushbu mablag‘ uch nafar voyaga yetmagan farzandning qonuniy haq-huquqlari va munosib ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.
Farzandlar manfaati - qonun himoyasida!































Izohlar 0
…