Rubio Mojtaba Xomeniyning oʻlimi haqida dalil yoʻqligini aytdi

AQSh ma'muriyati Eron Oliy rahbari Mojtaba Xomeynining tirikligi haqida taxminlar asosida ish olib bormoqda. Davlat kotibi Marko Rubioning so'zlariga ko'ra, Homeynining hayotda ekaniga oid ma'lumotlar mavjud, ammo bu holatni tasdiqlovchi dalillar yo'q. Avvalroq, The Times nashri Xomeynining davolanish jarayonida faol ishtirok etmayotgani haqida xabar bergan edi.
AQSH maʼmuriyati Eron Oliy rahbari Mojtaba Xomeniyning tirik ekani haqidagi taxmin asosida ish olib bormoqda.
Bu haqda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Fox News telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, hozircha Xomeniyning hayotda ekaniga oid maʼlumotlar mavjud boʻlib, buning aksini tasdiqlovchi dalillar yoʻq.
Rubio mazkur masala yuzasidan berilgan savolga javob berib, rasmiy Vashington ushbu maʼlumotlarga tayanayotganini taʼkidladi.
Avvalroq The Times nashri razvedka manbalariga asoslanib, Eron Oliy rahbari davolanayotgani va qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etmayotgani haqida xabar bergan edi.































Izohlar 0
…