Rubio Mojtaba Xomeniyning oʻlimi haqida dalil yoʻqligini aytdi

AQSH maʼmuriyati Eron Oliy rahbari Mojtaba Xomeniyning tirik ekani haqidagi taxmin asosida ish olib bormoqda.
Bu haqda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Fox News telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, hozircha Xomeniyning hayotda ekaniga oid maʼlumotlar mavjud boʻlib, buning aksini tasdiqlovchi dalillar yoʻq.
Rubio mazkur masala yuzasidan berilgan savolga javob berib, rasmiy Vashington ushbu maʼlumotlarga tayanayotganini taʼkidladi.
Avvalroq The Times nashri razvedka manbalariga asoslanib, Eron Oliy rahbari davolanayotgani va qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etmayotgani haqida xabar bergan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing