Bank talabiga javob: erkak skelet bilan keldi

Bank talabiga javob: erkak skelet bilan keldi
Qisqacha

Hindistonda bir erkak marhum singlisining hisobidagi mablag'ni olish uchun uning skeletini bankka olib kelgan. Jitu Munda ismli erkak, singlisi Kalra Munda vafot etganidan so'ng, bankdan 20 ming rupiya yechib olishga harakat qilgan, ammo bank xodimlari o'limni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilgan. U bank xodimlarining "hisob egasini olib kelish" talabini noto'g'ri tushunib, singlisining skeletini olib kelgan. Hozirda politsiya vaziyatni o'rganmoqda va mahalliy hokimiyat bankdan masalani tezkor hal qilishni talab qilmoqda.

Hindistonda sodir boʻlgan gʻayrioddiy voqea jamoatchilik eʼtiborini tortdi. “India Today” xabariga koʻra, bir erkak marhuma singlisining hisobidagi mablagʻni olish uchun uning skeletini bankka olib kelgan.

Maʼlum qilinishicha, Dianali qishlogʻida yashovchi Jitu Munda (50) ismli erkak 2026 yil 26 yanvarda vafot etgan opasi Kalra Mundaning (56) bank hisob raqamidan 20 ming rupiyani (211 dollar) yechib olmoqchi boʻlgan. Opasi Kalra Munda ortida rasmiy merosxoʻr qoldirmagan. Shu bois, qonuniy jihatdan mablagʻlar akasiga tegishli hisoblangan.

Biroq "Odisha Gramin" bank xodimlari undan oʻlimni tasdiqlovchi hujjatlar — guvohnoma yoki boshqa rasmiy dalillarni taqdim etishni talab qilgan. Savodsizligi sabab erkak bu talabni toʻliq anglab yetmagan va masalani boshqacha yoʻl bilan hal qilishga uringan.

Uning aytishicha, bank xodimlari “hisob egasini olib kelish” kerakligini taʼkidlashgan. Erkak esa bu soʻzlarni soʻzma-soʻz tushunib, singlisining qabrini kavlagan va uning vafot etganini isbotlash maqsadida skeletini bankka olib borgan.

“Bir necha bor bordim, lekin pulni berishmadi. 'Egasi kelsin', deyishdi. Men uning oʻlganini aytdim, ammo ishonishmadi. Oxiri noiloj qabrni ochib, suyaklarini olib bordim”, — deya u jurnalistlarga izoh bergan.

Mazkur holat tez orada huquq-tartibot organlari eʼtiborini tortdi. Politsiya vaziyatni oʻrganib chiqib, erkakka mablagʻni qonuniy tartibda olishda yordam berishini maʼlum qilgan. Shuningdek, marhumaning suyaklari qayta dafn etilishi ham nazoratga olingan.

Mahalliy hokimiyat vakillari esa bankka murojaat qilib, masalani tezkor hal etish va erkakka tegishli mablagʻni toʻlab berish choralarini koʻrishni talab qilgan.

Ushbu voqea oddiy fuqarolar uchun huquqiy savodxonlik naqadar muhim ekanini yana bir bor eslatdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar