21:45 / 08.04.2017
6 649

Xitoyda Osiyodagi eng yirik marganes rudasi koni topildi


Xitoyning janubidagi Guychjou viloyatida Osiyodagi eng yirik marganes rudasi koni topildi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi asoslanib "Kun.uz" xabar bermoqda.

Zaxiralari 203 mln tonnaga baholanayotgan kon Tunjen okrugining Suntao-Myao muxtor uezdi tog‘larida joylashgan. Topilgan zaxiralarning umumiy qiymati 100 mlrd yuanni (14,5 mlrd dollar) tashkil qiladi.

Xitoy dunyodagi marganes rudasi ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi eng yirik davlat hisoblanadi. Marganes rudasi galvanik elementlar va yangi magnit materiallarni tayyorlashda qo‘llanadi. Xitoylik geologlar tomonidan oxirgi bir necha yil ichida Guychjou viloyatida bu foydali qazilmaning umumiy zaxiralari 600 mln tonnani tashkil qiluvchi 4 ta yirik koni topilgan.

"Bu yangi konlarning zaxiralari Xitoyda razvedka qilingan va isbotlangan marganes rudasi zaxiralarining 60 foizga yaqinini tashkil qiladi. Bu Xitoyning ushbu moddani import qilishini ancha kamaytiradi va sanoatning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi", deb aytgan geolog va Xitoy muhandislik akademiyasi akademigi Chen Yuychuan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda Osiyodagi eng yirik marganes rudasi koni topildi