date

AQSH Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishiga qarshi chiqmoqda

AQSH Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishiga qarshi chiqmoqda

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bir qator keskin bayonotlar berdi. Uning aytishicha, Vashington Tehronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi.

Tramp Eronning harbiy jihatdan jiddiy zarar ko‘rganini ta’kidlab, rasmiy Tehron buni hali to‘liq anglab yetmagan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Shu bilan birga, u AQSH istasa ikki hafta ichida Eron hududidagi barcha nishonlarni yo‘q qilish imkoniyatiga ega bo‘lganini bildirgan.

AQSH prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Eron rahbariyatining yuqori darajadagi uch nafar vakili yo‘q qilingan. Biroq u hozir ham ma’lum darajada vakolatga ega shaxslar bilan muloqot olib borilayotganini qayd etgan.

Tramp, shuningdek, Eronning harbiy salohiyati sezilarli darajada zaiflashganini ta’kidladi. Uning fikricha, mamlakatda deyarli harbiy-dengiz floti, havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa tizimi qolmagan.

Bayonot davomida Donald Tramp general Qosim Sulaymoniy haqida ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, agar Sulaymoniy yo‘q qilinmaganida, Eron bugun mutlaqo boshqacha davlat bo‘lar edi. Tramp uni “qobiliyatli, ammo yovuz daho” deb ta’riflagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishiga qarshi chiqmoqda