"Rosaviasiya" Rossiya aviakompaniyalariga Turkiyaga charter reyslari to‘xtatilishi mumkinligidan ogohlantiruvchi telegramma jo‘natdi. Bu haqda ushbu sohadagi manba RIA “Novosti” axborot agentligiga ma’lum qildib, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
Bunday choralarga "Turkiyadagi murakkab ichki siyosiy vaziyat" sabab sifatida keltirilgan.
Shu bilan birga "Rosturizm"ning turistik loyihalar va turizmdagi xavfsizlik davlat boshqarmasi boshlig‘i Svetlana Sergeeva boshqarma parvozlar to‘xtatilishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga ega emasligini aytgan.
Rossiya turoperatorlari uyushmasi ijrochi direktori Mayya Lomidzening aytishicha, hozircha Turkiyaga charter reyslarga taqiqlov yo‘q.
"Balki gap agar Turkiyada 16 apreldagi siyosiy voqealar bilan bog‘liq holda vaziyat salbiy ssenariy bo‘yicha ketsa, qandaydir keskinliklar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirish haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin", deb aytgan Lomidze.
Ikki davlat o‘rtasidagi charter reyslar 2015 yil noyabrda Suriyada Rossiyaning Su-24 samolyoti turk samolyoti tomondan urib tushirilgandan keyin 9 oyga uzilib qolgandi. Rossiyadan Turkiyaga sayyohlar oqimi 2016 yilning birinchi oylarida 90 foizgacha kamayib ketgan.
2016 yil yozida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putindan samolyotning urib tushirilishi uchun kechirim so‘ragandan keyin o‘zaro keskinlik barham topgan. Shundan keyin Rossiya hukumati parvozlarga taqiqlovni bekor qilgan, Turkiyaga birinchi charter reys esa 2 sentyabrda amalga oshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi