Janubiy Sudan aholisi halokatli ochlikdan qutulish uchun daraxt barglarini eb kun kechirmoqda, deb xabar qiladi gumanitar yordam guruhi a’zolariga tayanib "Kun.uz" nashri.
Norvegiya muhojirlar kengashi o‘z hisobotida qayd etishicha, Janubiy Sudan aholisi favqulodda ochlikdan qochish uchun yovvoyilar kabi mevalar, daraxt barglarini iste’mol qilmoqda.
Shuningdek, daraxt yaproqlari hali ochlik e’lon qilinmagan hududlarda ham taom sifatida tanovul qilinmoqda.
7 nafar farzandning onasi 47 yoshli Bxakita Abuk shunday deydi: "Bolalar ovqat etishmovchiligi tufayli daraxt barglarini iste’mol qilishmoqda. Buning oqibatida ayrim bolalar diareya kasalligiga chalinmoqda".
NMK vaziyat tobora yomonlashib borayotganidan ogohlantirib, Janubiy Sudanda ocharchilik holatini yumshatish uchun moddiy ko‘mak yig‘ishga chaqirmoqda.
Kengashning qayd etishicha, Janubiy Sudanga yordam ko‘rsatish uchun 1,6 milliard dollar zarur. Hozirda esa bu mablag‘ning bor-yo‘g‘i 18 foizi to‘plangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi!
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi