
Checheniston respublikasi prezidenti Ramzon Qodirovning to‘ng‘ich qizi Ayshat Qodirova turmushga chiqdi. Bu haqda Tatler jurnaliga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Nashrga ko‘ra, 18 yoshli kelinning kuyovi 19 yoshda. U "Qodirovning halok bo‘lgan sinfdoshi, do‘stining o‘g‘li".
"Yoshlar to‘ydan ikki hafta avval tanishishgan. Ular Qodirov qarorgohidan 5 daqiqalik uzoqlikdagi uyda istiqomat qilishadi", — deyiladi maqolada.
Umuman, respublika etakchisining 12 nafar farzandi bor.
Ayshat Qodirova o‘zining ilk intervyusida aytishicha, u o‘zi hijob taqishni va Qur’onni yodlashni xohlagan.
"Ro‘mol o‘rashga o‘zim qaror qilganman. Otam menga, shunday qilam o‘zini juda ham baxtiyor his qilishini aytdi va men o‘rashga qaror qildim. Men uchun ota-onamning xursandchiligi birinchi o‘rinda", — degan Ayshat.
"Bundan tashqari Qur’oni Karimning so‘nggi surasini yodlab bo‘lgan kunimni va ota-onamga bu haqda aytganimni hech qachon unutmayman. Ularning xursandchilik ko‘z yoshlarini ko‘rish men uchun oliy baxtdir", — deya tan olgan Qodirova. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar