“Tolibon” nikoh yoshini 9 yoshdan boshlanishi mumkin deb aytishmoqda

The Times nashri xabariga ko‘ra, Afg‘onistonda hokimiyat tepasidagi “Tolibon” harakati nikoh yoshiga oid yangi tartibni ma’qullagan. Unda qizlar balog‘atga yetgan deb hisoblangan paytdan nikoh qurish mumkinligi qayd etilgani aytilmoqda.
Nashr ma’lumoticha, “Tolibon” bu yoshni 9 yoshdan boshlanishi mumkin deb talqin qilgan. Tegishli hujjat harakat yetakchisi Haybatulloh Oxunzoda tomonidan tasdiqlangani va rejimning rasmiy gazetasida chop etilgani bildirilgan.
“Tolibon” hokimiyatga kelguniga qadar Afg‘onistonda nikoh yoshi qizlar uchun 16, o‘g‘il bolalar uchun 18 yosh etib belgilangan edi. 15 yoshga to‘lmagan qizlarni turmushga berish esa qonun bilan javobgarlikka sabab bo‘lgan.
Xalqaro ekspertlar yangi tartibni bolalar huquqi va xavfsizligiga jiddiy tahdid sifatida baholamoqda. Ular bu qaror voyaga yetmagan qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini qonuniylashtirish xavfini kuchaytirishini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!