Marokashda turar-joy binosi qulashi oqibatida odamlar halok bo‘ldi

Marokash shimolidagi Fes shahrida turar-joy binosi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi. Avvalroq qurbonlar soni 11 kishi ekani aytilgan edi.
Hodisa Ayn Naqbi tumanida sodir bo‘lgan. Mahalliy Hespress agentligi tibbiyot xodimlariga tayanib, yana olti kishi jarohatlanganini, ayrimlarining ahvoli og‘irligini xabar qildi.
Halok bo‘lganlarning jasadlari va jarohatlanganlar viloyat shahar kasalxonasi hamda Hasan II nomidagi universitet kasalxonasiga yetkazilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing