date

Kelin marhum o‘g‘lining yuragini qayta eshitdi

Kelin marhum o‘g‘lining yuragini qayta eshitdi

AQShning Jorjiya shtatida istiqomat qiluvchi Kasi Uilson  ismli kelin o‘zining to‘y kunida unutilmas va ta’sirli daqiqalarni boshdan kechirdi.

Uning 4 yoshli o‘g‘li Mayls 2023 yilda baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganidan so‘ng, ona uning a’zolarini donorlikka topshirgan edi.

Natijada Maylsning yuragi o‘sha vaqtda organ ko‘chirish (transplantatsiya) amaliyotiga muhtoj bo‘lgan 7 yoshli Saleh Ahmad ismli bolakayning hayotini saqlab qolgan.

To‘y marosimi boshlanishidan oldin kelin kichik Salehning ko‘kragiga qulog‘ini qo‘yib, o‘zining marhum o‘g‘lining yurak urishini qayta tinglashga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu hissiyotlarga boy uchrashuvdan so‘ng, voyaga yetmagan Saleh Ahmad to‘y marosimida kelinga hamrohlik qilib, uni mehmonlar qarshisiga boshlab chiqishda yordam berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kelin marhum o‘g‘lining yuragini qayta eshitdi