date

Xitoyda mikroavtobus yuk mashinasiga urilib, 13 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda mikroavtobus yuk mashinasiga urilib, 13 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Xenan provinsiyasi Nanyang shahrida joylashgan tezyurar yo‘lda og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar bilan to‘lgan mikroavtobus oldinda harakatlanayotgan yarim tirkamali yuk mashinasiga borib urilgan.

Sinxua axborot agentligi xabariga ko‘ra, fojia oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, yana 3 nafar yo‘lovchi turli darajada jarohat olgan. Hodisa 28-may kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 02:40 da sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 9 o‘rindiqli mikroavtobusda 16 kishi bo‘lgan. Bu esa transport vositasida belgilangan me’yordan ortiq yo‘lovchi tashilganini ko‘rsatadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aynan ortiqcha yuklama va harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani fojiaga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligi hodisa sabablarini o‘rganish uchun Nanyang shahriga maxsus tergov guruhini yubordi. Ayni paytda avariyaning aniq tafsilotlari, haydovchilarning holati va yo‘l sharoiti bo‘yicha tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda mikroavtobus yuk mashinasiga urilib, 13 kishi halok bo‘ldi