AQSH va Meksika chegarasi ostida bir tonnadan ortiq narkotik chiqdi

AQSH va Meksika chegarasida giyohvand moddalar kontrabandasi uchun foydalanilgan uzunligi qariyb 600 metr keladigan maxfiy tunnel topildi. AQSH Adliya vazirligining ma'lum qilishicha, mazkur yo'lak Meksikaning Tixuana shahri hamda San-Diyegodagi Buy 4 Less do'konini o'zaro bog'lagan va gidravlik lift, elektr hamda shamollatish tizimlari bilan jihozlangan.
AQSH va Meksika chegarasi ostida giyohvand moddalar kontrabandasi uchun mo‘ljallangan tunnel aniqlandi. AQSH Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, u Meksikaning Tixuana shahri va San-Diyegodagi Buy 4 Less do‘konini bog‘lagan.
Tunnelning umumiy uzunligi qariyb 600 metrni tashkil etgan. U gidravlik lift, elektr va shamollatish tizimlari bilan jihozlangani ma’lum qilindi.
Operatsiya davomida qiymati 45 million dollarga baholangan 1029 kilogramm kokain, o‘q-dori va hujjatlar musodara qilingan.
Holat yuzasidan 4 kishi hibsga olingan. Rasmiylarga ko‘ra, mazkur yo‘nalish AQSHga narkotik moddalarni noqonuniy olib kirish uchun ishlatilgan.































Izohlar 0
…