Yong‘indan qochgan ikki kishi bino tashqarisida yordam kutishga majbur bo‘ldi

Yong‘indan qochgan ikki kishi bino tashqarisida yordam kutishga majbur bo‘ldi

Turkiyaning Antaliya shahrida joylashgan besh qavatli turar joyning tom qavatida yong‘in kelib chiqdi. Kuchli alanga va quyuq tutun sabab binoda qolib ketgan ikki kishi hayotini saqlab qolish uchun xavfli qarorga qo‘l urdi.

Ma’lum qilinishicha, ular deraza orqali tashqariga chiqib, bir qavat pastdagi tor beton qismga o‘tishga majbur bo‘lgan. Ikki fuqaro bir necha daqiqa davomida bino tashqarisida qolib, qutqaruvchilar yetib kelishini kutgan.

Voqea joyiga tezkor yetib kelgan qutqaruvchilar hamda atrofdagi fuqarolarning sa’y-harakatlari bilan ular maxsus uskunalar yordamida xavfsiz tarzda pastga tushirildi. Hodisa oqibatida qutqarilganlarning ahvoli yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan. Yong‘in kelib chiqish sabablari yuzasidan esa tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar