To‘ydan keyin Shahlo Salayeva qo‘liga ilk bor to‘pponcha oldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Shahlo Salayeva va turmush o‘rtog‘i Veysel Dulgerning to‘ydan keyingi ilk videolaridan biri keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Unda Shahlo Salayeva ilk bor haqiqiy to‘pponchadan o‘q uzayotgani, bu jarayonda biroz hayajon va qo‘rquvni boshdan kechirayotgani aks etgan.
Videoda Veysel Dulger turmush o‘rtog‘ining qo‘lidan ushlab, qurolni qanday to‘g‘ri ishlatish kerakligini tushuntirayotgani va unga dalda berib turgani ham tasvirlangan. Er-xotinning samimiy munosabati ko‘plab kuzatuvchilarning e’tiborini tortdi.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi. Izohlarda ayrim foydalanuvchilar otish jarayoni qiziqarli ekanini va o‘q ovozi o‘ziga xos taassurot uyg‘otishini yozgan bo‘lsa, boshqalar Shahlo va Veyselga baxt tilab, ularning o‘zaro mehr va qo‘llab-quvvatlashiga havas qilayotganini bildirib o‘tishdi.






























Izohlar 0
…