AQSHning Apache vertolyoti Hormuz yaqinida halokatga uchradi

AQSHning Apache vertolyoti Hormuz yaqinida halokatga uchradi

AQSH harbiylariga tegishli Apache jangovar vertolyoti Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida halokatga uchradi. Bu haqda The New York Times manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyotda bo‘lgan ikki nafar ekipaj a’zosi xavfsiz tarzda qutqarib qolingan.

Hozircha halokat sababi aniq emas. Vertolyot texnik nosozlik tufayli qulaganmi yoki urib tushirilganmi, bu bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat esa hamon keskinligicha qolmoqda. Eron bo‘g‘ozdagi nazoratni davom ettirayotgani, AQSH esa mintaqadagi harakatlarini kuchaytirgani aytilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar