300 dan ortiq muhojir o‘g‘irlab ketildi

Liviyada Buyuk Britaniyaga yo‘l olgan 300 dan ortiq noqonuniy muhojir jinoiy guruhlar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Iroq Kurdistonidan chiqqan muhojirlar 2025 yil yozida ushlab qolingan va keyinchalik tovlamachilar qo‘liga tushgan. Jinoyatchilar har bir shaxs uchun 5 ming dollar tovon talab qilgan, aks holda ularni a’zolarini olib tashlash bilan qo‘rqitgan.
Asirlar juda og‘ir sharoitda saqlangani aytiladi. Ular tor xonalarda joylashtirilgan, oziq-ovqat kam berilgan va doimiy ravishda zo‘ravonlikka duch kelgan. Ayrim holatlarda esa qiynoqlar tasvirga olinib, ularning yaqinlariga yuborilgan.
Kamida bir muhojir halok bo‘lgani tasdiqlangan, yana qancha odam garovda ekani esa noma’lumligicha qolmoqda. Ayrim qutqarilganlarda jarrohlik izlari kuzatilgani xavotirlarni yanada kuchaytirgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday holatlar noqonuniy migratsiya yo‘llarining qanchalik xavfli ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda.





























Izohlar 0
…