Janjallashayotgan ota-onasini ajratmoqchi bo‘layotgan sug‘ur bolasi tarmoqlarda iliq fikrlarga sabachi bo‘ldi!

Janjallashayotgan ota-onasini ajratmoqchi bo‘layotgan sug‘ur bolasi tarmoqlarda iliq fikrlarga sabachi bo‘ldi!

Ijtimoiy tarmoqlarda sug‘urlar oilasi aks etgan qiziqarli video keng tarqaldi. Kadrlarda ikki katta sug‘ur o‘zaro janjallashayotgani, ularning bolasi esa ota-onasini ajratishga harakat qilayotgani ko‘rinadi.

Kichik sug‘ur ularning orasiga kirib, janjalni to‘xtatishga uringan. U goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga o‘tib, katta sug‘urlarni bir-biridan uzoqlashtirmoqchi bo‘lgan. Bu jarayon tasodifan kameraga tushirib olingan.

Video tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini tezda tortdi. Izohlarda ko‘pchilik sug‘ur bolasining harakatini iliq qabul qilib, "Hayvonlar ham aqlli", "Buncha yoqimli manzara" degan fikrlarni qoldirgan.

Qisqa lavha hayvonlar orasidagi munosabatlar ham odamlarga tanish holatlarni eslatishi mumkinligini ko‘rsatdi. Sug‘ur bolasining ota-onasi o‘rtasidagi janjalga aralashishi esa videoning eng ko‘p muhokama qilingan qismi bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar