Yashash darajasi eng yuqori davlatlar ma’lum bo‘ldi

Yashash darajasi eng yuqori davlatlar ma’lum bo‘ldi

HelloSafe tashkiloti 2026 yil uchun Farovonlik indeksini e’lon qildi. Reyting Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va OECD ma’lumotlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, unda iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda aholi turmush darajasiga ta’sir qiluvchi muhim omillar ham hisobga olingan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Norvegiya ilk bor dunyoning eng farovon mamlakati deb topildi. Irlandiya va Luksemburg esa keyingi o‘rinlarni egalladi. Mutaxassislar bu natijani mazkur davlatlardagi kuchli ijtimoiy himoya tizimi va yuqori hayot sifati bilan izohlamoqda.

Qizig‘i, dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri bo‘lgan AQSH reytingda atigi 17-o‘rinni qayd etdi. Bunga daromadlar tengsizligi va nisbiy qashshoqlik darajasining yuqoriligi asosiy sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Yevropada Norvegiya, Irlandiya va Luksemburg yetakchilik qilgan bo‘lsa, Afrika qit’asida Seyshel orollari, Mavrikiy va Jazoir birinchi uchlikdan joy oldi.

Lotin Amerikasida Urugvay eng farovon davlat sifatida e’tirof etildi. U Chili va Panamani ortda qoldirdi. Osiyoda esa Singapur birinchi, Qatar ikkinchi o‘rinni egalladi.

Tahlilchilar fikricha, farovonlik faqat iqtisodiy o‘sish bilan emas, balki daromadlarning adolatli taqsimlanishi, ijtimoiy himoya, ta’lim va inson taraqqiyoti darajasi bilan ham bevosita bog‘liq.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar