Janubiy Afrikadagi otishmada 12 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida qurolli otishma sodir bo‘ldi. Ensa agentligi xabariga ko‘ra, hodisa 9 iyun kuni Klivlend tumanida yuz bergan.
Otishma oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, yana 9 kishi jarohatlangan. Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oq Toyota Quantum avtomobilida kelgan 10 dan ortiq qurolli shaxs aholiga qarata o‘q uzgan va keyin voqea joyidan qochib ketgan.
Hujum sabablari hozircha noma’lum. Qurollangan shaxslar qo‘lga olingani haqida ma’lumot berilmagan.






























Izohlar 0
…